Psixnoma audio kurslari
Ichki Dunyongga Yo‘l Shu Yerdan Boshlanadi
Har bir kurs — o‘zingni ayblash uchun emas, balki ichingda avtomatik ishlayotgan hislar, niqoblar va eski qarorlarni tushunish uchun yaratilgan izchil psixologik sayohat. Psixnoma kurslari orqali yashirin hislaringni tushun, ichki ziddiyatlaring bilan yuzlash va haqiqiy o‘zligingga yaqinlash.
Barcha kurslar faqat yopiq kanallarimizda mavjud. Ushbu sahifada kurslar ro‘yxati va ular haqidagi batafsil ma’lumotlar berilgan, ammo darslarning o‘zi joylashtirilmagan. Kurslardan foydalanish uchun, mamlakatingizda mavjud bo‘lsa, YouTube Homiylari safiga yoki yopiq Telegram kanalimizga qo‘shilishingiz mumkin.
Telegram kanaliga qo‘shilish tartibi haqida ma’lumot olish uchun shu yerni bosing.
Hozir tinglash mumkin bo‘lgan kurslar.

Kurs ID
PX-6
Format
Audio
Soyang Bilan Yuzlashish: Qo‘rquvdan Haqiqat va Sevgi Tomon
Qo‘rquv, inkor, umidsizlik va qochish istagi dushmaning emas — ular seni og‘ir haqiqatdan himoya qilishga urinayotgan ichki kuchlardir. Bu kurs ularning qarorlaring va munosabatlaringni yashirin boshqarishini to‘xtatib, ichki himoyani sevgi va mas’uliyatga aylantirish yo‘lini ochadi.

Kurs ID
PX-3
Format
Audio
Seni Boshqarib Bo‘lmaydigan Insonga Aylan
Seni boshqarish uchun buyruq shart emas — tan olinmagan ehtiyojing, aybdorlik hissi yoki rad etilish qo‘rquvingning o‘zi yetarli. Bu kurs ichki tugmalaringni anglab, boshqalarning munosabatiga qaram bo‘lmagan mustahkam ichki markazni shakllantirishga yordam beradi.

Kurs ID
PX-5
Format
Audio
Ichingdagi Qorong‘i Qismni Tushunish va Uni Boshqarish
Ba’zan sen gapirmaysan — ichingdagi qo‘rquv, alam yoki eski yara sening o‘rningga gapiradi. Bu audio kurs seni ayblash uchun emas, qachon ichki og‘riqlaring qarorlaringni boshqarayotganini anglash va o‘z ichki tayanchingga qaytishni o‘rganish uchun yaratilgan.




