PSIXNOMA
HOMIYLARI
Psixnoma Homiylari — chuqurroq audio darslar, to‘liq psixologik kurslar va ommaga chiqarilmagan maxsus materiallar jamlangan yopiq Telegram kanal.
Maxus Audiolar
Faqat Homiylar kanali uchun tayyorlanadigan chuqurroq audio darslar va maxsus mavzular.
Psixologik Kurslar
“Soya bilan ishlash”, “Individuatsiya” va “O‘zlikka Qaytish” kabi to‘liq kurslarga kirish.
Yopiq Materiallar
Ayrim audio, video va yozma materiallarni ular ochiq kanallarda chiqishidan oldin ko‘rish yoki tinglash imkoniyati.
Yangi Materiallar
Kanal yangi audio darslar, kurslar va boshqa materiallar bilan muntazam boyib boradi.
Bir Martalik To‘lov
Bir marta to‘lov qilasan va Psixnoma Homiylari kanaliga kirish huquqi doimiy qoladi.
NEGA PSIXNOMA HOMIYLARI TASHKIL QILINDI?
Psixnoma Homiylari — yangi videolar, audio darslar va chuqur kurslar yaratilishini davom ettirishga hissa qo‘shadigan yopiq Telegram kanalidir. Homiylar maxsus kurslar va ayrim materiallarga ertaroq kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kanalda mavjud barcha kurslar ro‘yxati va tavsiflari shu saytda berilgan.
Sening qo‘llab-quvvatlashing faqat yopiq materiallarga kirish emas. U yangi kontent tayyorlanishiga, uning sifatli va bepul shaklda keng auditoriyaga yetib borishiga yordam beradi. Psixologik yordam yoki chuqur bilimlarga hamma ham yetarli imkoniyat topa olmaydi. Sen Homiy bo‘lganingda, o‘z yo‘lini izlayotgan, lekin bunga mablag‘i yetmaydigan insonlarga ham bu materiallar bepul yetib borishiga hissa qo‘shasan.
Bu kichik qo‘llab-quvvatlash kattaroq maqsadning bir qismi: psixologik bilim, ichki xotirjamlik va o‘zini tushunish imkoniyati imkon qadar ko‘proq odamlarga yetib borishi. Sen shunchaki tomoshabin emas, shu yo‘l davom etishiga yordam berayotgan insonsan.
OCHIQ PSIXNOMA YO‘QOLMAYDI
Psixnoma Homiylari ochiq kontent tugaydi degani emas. YouTube va boshqa platformalarda bepul materiallar davom etadi; ayrim Homiylar materiallari esa vaqt o‘tib ommaga ham ochilishi mumkin. Homiylik — yangi darslarga ertaroq va chuqurroq kirish, shu bilan birga Psixnoma davomiyligini qo‘llab-quvvatlashdir.
HOMIY BO‘LISH NIMANI ANGLATADI?
Homiylik — faqat qo‘llab-quvvatlash emas. Sen yopiq materiallar, to‘liq kurslar, yangi audio darslar va ayrim kontentlarga ertaroq kirish imkoniyatiga ega bo‘lasan. Shu bilan birga, hissang Psixnoma’da yangi videolar va kurslar yaratilishini davom ettiradi.
BU KANAL KIM UCHUN?
Psixnoma Homiylari psixologiya, Karl Yung va boshqa chuqur fikrlovchi mutafakkirlarning g‘oyalarini kengroq o‘rganishni istaganlar uchun. Audio darslar, to‘liq kurslar va yangi materiallarga ertaroq kirish senga mos bo‘lsa, bu kanal aynan sen uchun. Ochiq Psixnoma kontenti esa bepul davom etadi.
BIR FIKR BILAN YAKUNLASAK
Psixnoma Homiylari “kim ko‘proq to‘laydi?” degan loyiha emas. Bugun imkoniyati bor insonlar qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa yangi audio darslar, videolar va kurslar yaratilishiga yordam beradi. Homiylik Psixnoma’ni barqaror davom ettirish, chuqurroq materiallar yaratish va ochiq kontentni saqlash uchun qo‘shimcha tayanchdir.
QANDAY QO‘SHILISH MUMKIN?
Psixnoma Homiylari kanaliga kirishning bir nechta qulay usuli mavjud. Telegram Stars orqali Telegram ichidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish mumkin, Tribute orqali esa to‘lov va kirish jarayoni avtomatik amalga oshiriladi. Shuningdek, mahalliy yoki xalqaro karta orqali ham to‘lov qilish mumkin. Karta orqali to‘lov qilinganda, to‘lov skrinshotini Psixnoma adminiga yuborish kifoya va tasdiqlangandan keyin kanalga kirish beriladi. O‘zingga eng qulay usulni tanlab, qo‘shilish jarayoni va to‘lov ma’lumotlarini quyidagi bo‘limda ko‘rishing mumkin.
Chuqurroq o‘rgan. Yangi materiallarni ertaroq tingla. Psixnoma bilan yo‘lni davom ettir.
Kanalga Kirish Haqida Ma’lumot → Qo‘shilish
(Batafsil ma’lumot uchun Telegram kanaliga o‘tasan)
