Kurs Nomi:
Soya Bilan Ishlash
Kurs ID
PX-1
Format
Audio + O'qish

Kurs Haqida
PX-1: O‘zingizni Tushunishning Eng Chuqur Yo‘li
6 ta audiolar va ularning tekstlari.
1 ta Soya Bilan Ishlash Haqada Tushuncha (Kirish - O'qish Materiali)
1 ta To'liq O'qish Uchun Soya Bilan Ishlash Kursi.
Bu kurs Karl Yung psixologiyasi asosida insonning ichki dunyosida yashirin qolgan hissiy naqshlarni tushunishga yordam beradi. Unda siz triggerlar, ichki tanqidchi, bolalikdan qolgan og‘riqlar, munosabatlarda takrorlanadigan holatlar, uyat, qo‘rquv, hasad, rashk va g‘azab kabi hislarning ortida nima turganini asta-sekin ko‘rishni boshlaysiz. Maqsad o‘zingizni ayblash emas, balki ichingizda nima bo‘layotganini halol, sokin va ongli tarzda anglashdir.
Bu kurs psixologiyaga qiziqadigan, o‘zini chuqurroq tushunmoqchi bo‘lgan, ayrim gaplarga nega juda kuchli reaksiya qilishini bilmaydigan, munosabatlarda bir xil og‘riqli vaziyatlar qayta-qayta takrorlanayotganini sezayotgan insonlar uchun. Ayniqsa ichki tanqidchi ovozidan charchagan, “men yetarli emasman” degan his bilan yashayotgan, chegaralar qo‘yishga qiynalayotgan yoki odamlar fikridan qo‘rqib o‘z ehtiyojlarini ichida ushlab kelayotganlar uchun bu kurs ichki xarita bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Kursni tugatganingizdan keyin siz o‘zingizga boshqacharoq qaray boshlaysiz. Avvalgidek har bir kuchli hisni dushman deb ko‘rmaysiz, balki uning ortidagi sababni tushunishga harakat qilasiz. Trigger paytida darrov o‘zingizni ayblash o‘rniga, ichingizdagi eski og‘riq qayerdan gapirayotganini sezishni boshlaysiz. Eng muhimi, siz o‘zingizga nisbatan yumshoqroq, ongliroq va sokinroq bo‘lib borasiz — go‘yo ichingizdagi tarqoq qismlar asta-sekin bir joyga yig‘ilayotgandek.
